1

Bosh prokuratura Xatirchidagi xonadonga Departament xodimlari nega tunda “bosqinchilik” qilganiga oydinlik kiritdi

Jamiyat 20.11.2019, 11:29
Teglar: Departament, Karimberdi To`ramurod, Xatirchi
Bosh prokuratura Xatirchidagi xonadonga Departament xodimlari nega tunda “bosqinchilik” qilganiga oydinlik kiritdi

Karimberdi To`ramurod “Fasebook” tarmog`idagi sahifasida “Xatirchi tumanida fuqaro O.Xolmanov xonadoniga Departamentning Navoiy viloyati bo`limi “dovyurak jangchilari” devordan oshib tushib, “Bosqinchilik” qilishdi”, degan xabarni e`lon qilgan. Mazkur “post”ga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan Raddiya berildi.

Keltirilishicha, K.To`ramurod holatni to`liq va xolisona o`rganmasdan maqolani e`lon qilgan bo`lib, unda keltirib o`tilgan qator holatlar haqiqatga umuman to`g`ri kelmaydi. 

Jumladan, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasidan olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, Xatirchi tuman IIB bilan hamkorlikda yashirin sexlar faoliyatiga barham berish hamda gumonlanuvchi shaxslar qo`lbola juvozni faqat tungi vaqtlarda ishlatishayotganligi haqidagi ma`lumotni tekshirish maqsadidaO`zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to`g`risida”gi Qonun talablariga amal qilgan xolda 2019 yil 14 noyabr kuni soat 3-55 da Xatirchi tumani, “Yangirabod” MFYda tezkor tadbir o`tkazgan.

Tadbirda fuqaro O.Xolmanovning xonadoni yoki maqolada ta`kidlanganidek, uning qizi uxlab yotgan xona emas, balki uning ukasi S.Xolmanovning moyjuvoz ishlatib turgan uy erto`lasi ko`zdan kechirilgan.

Ko`zdan kechirish jarayonida aka-uka Xolmanovlar oldindan til biriktirib, fuqarolar Sh.Q. va L.E.larni ishchi sifatida haq evaziga yollab, uy erto`lasida yashirin sex tashkil etib, qo`lbola usulda inson hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chigitdan olinadigan yog` mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanayotganligi aniqlangan.

Tadbir yakunida Xolmanovlarning yashirin sexidan qo`lbola usulda tayyorlangan 1 dona moyjuvoz uskunasi, ma`lum miqdorda chigit, chigitdan olingan kunjara va sotish uchun tayyorlangan juvoz yog`i ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tezkor tadbir jarayoni qonunchilikda belgilangan tartibda to`liq video tasvirga olingan.

Shu o`rinda, fuqaro S.Xolmanovning shaxsiga ham qisqacha to`xtalib o`tish maqsadga muvofiq. U muqaddam ham ikki marotaba Jinoyat kodeksining 1862-moddasi (“Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish”) bilan aybli deb topilgan (12.01.2016 yildagi sud hukmi bilan 1 yil 6 oy va 24.01.2019 yildagi sud xukmi bilan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan). Ammoqilmishlaridan tegishli xulosa chiqarmay, tuzalish yo`liga o`tmasdan ushbu ijtimoiy xavfli qilmishga qayta qo`l urgan. 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1862-moddasi 
2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Xolmanovlarning yashirin sexida ishlab chiqarilgan mahsulotlar laboratoriya tekshiruvidan o`tkazilganda, juvoz yog`i inson salomatligi xavfsizligi talablariga javob bermasligi, iste`mol oqibatida ichak tizimi kasalliklari, jigarni toksik zaharlashi va turli onkologik kasalliklarni paydo qilishi mumkinligi haqida xulosa taqdim etilgan. 

Qayd qilingan maqolada huquqni muhofaza qiluvchi organning qonun doirasida amalga oshirayotgan ishini qonunchilikni bilib-bilmay, bir tomonlama yoritish orqali xodimlarni asossiz “bosqinchilik”da ayblashi, keng omma orasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqarishiga sabab bo`lmoqda. 

Xulosa qilib, K.To`ramurod tomonidan e`lon qilingan maqolalarni fuqarolarning Konstitusiyaviy huquqlaridan foydalanish, faol fuqarolik pozisiyasini namoyish qilishni salbiy tarzda baholash, qolaversa mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka murosasizlik muhitini shakllantirish, shaxs va jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarini keng jamoatchilik o`rtasida noto`g`ri talqin qilish hamda ularni obro`sizlantirish orqali ularning qonuniy faoliyatiga nisbatan nafrat uyg`otishga qaratilgan ochiq harakat deb baholash o`rinli.

Shuningdek:

“Shu o`rinda haqli savol tug`iladi K.To`ramurod korrupsion va iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan jinoyatlar ustida ushlangan va sud hukmi bilan aybli deb topilgan shaxslarni qo`llab-quvvatlashi ostida biror bir manfaat yashirilmaganligiga kafolat bormi?!

So`z erkinligi niqobi ostida bu kabi ig`vo va adolatsiz sharhlarga qaramay Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashda o`z vazifasiga mas`uliyat bilan yondashib, faoliyatini yanada jadallashtiradi deb ishontiramiz”, — deyiladi rasmiy raddiyada.

Sharhlar

Andijonda “bank xodimi” qo`lga tushdi

02.04.2024, 12:24

Andijon shaharida o`zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.Departamentning Andijon shahar bo`lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda...
Olmaliqda bo`lim boshlig`i 2000 AQSh dollari bilan ushlandi

18.03.2024, 12:17

Dafn marosimlarini o`tkazish xizmati ko`rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2 000 AQSh dollari talab qilgan bo`lim boshlig`i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar...
Buxoroda hokimlikning tashkiliy kadrlar guruhi rahbari tadbirkorni bank oldida qarzdor qilib qo`yib, kredit mablag`ini o`zlashtirgani aniqlandi

06.09.2022, 11:37

Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo`ygan guruh rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Departamentning Qorovulbozor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining...
Farg`ona viloyatida fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

22.01.2022, 18:54

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda o`tkazdi.Tadbir davomida fuqaro J.A. Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetida ta`lim olayotgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1