Xabaringiz bor, 6 noyabr kuni Samarqandda qurilishda ishlaydigan o`nlab ishchilar o`rtasida ommaviy janjal bo`lgan va mushtlashuv turklar va o`zbeklar o`rtasida kelib chiqqandi.
Shundan so`ng, Turkiyada mehnat muhojiri bo`lgan pedagog Feruza Izzat Feysbuk sahifasida Samarqandda yuz bergan janjalda jabrlangan turk quruvchisining so`zlarini e`lon qilgandi.
Ayni paytda ushbu qurilish ishlarida qatnashgan 73 nafar turk fuqarolarining barchasi mamlakatiga qaytarilib yuborilgani aytilmoqda.
Eslatib o`tamiz, IIV ma`lumotiga ko`ra, Samarqand shahar, Qora suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” MChJ tomonidan qurilayotgan ko`p qavvatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan, Turkiya davlati fuqarolari bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasidagi kelishmovchilik oqibatida, o`zaro tan jarohatlari etkazilgan.
Surishtiruv jarayonida, mazkur janjal 1996 yilda tug`ilgan Payariq tumani “Toxirshayx” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shug`ullanuvchi o`zbek fuqarosi S.P. “Agromir Bilding” MChJ tomonidan yollangan quruvchi-montajchi bir nechta turk fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi, shundan so`ng u avjiga chiqib, yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa O`zbekiston fuqarolari aralashib bir birlariga tan jarohatlari etkazilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, Samarqanddagi qurilish ishlariga 1.800 dan ziyod O`zbekiston Respublikasi hamda 200 dan ortiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan.
Ushbu holat natijasida Turkiya davlati fuqarolaridan to`rt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari engil tan jarohati olgan.
Shuningdek, 7 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida to`liq aniqlik kiritiladi.