Majburiy ijro byurosi O`rtachirchiq tuman bo`limi xodimlari tomonidan ichimlik suvi tarmog`iga ulanishning qonuniyligi yuzasidan o`tkazilgan monitoring tekshiruv jarayonida O`rtachirchiq tumani, Adolat MFY hududida joylashgan “Nomdanak jilosi” fermer xo`jaligi tomonidan suv tarmog`iga o`zboshimchalik bilan noqonuniy ulanganligi aniqlanib, bu haqda ma`muriy bayonnoma, shuningdek boshqa tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida Toshkent viloyati “Suvoqova” DUK Nurafshon shahar hududiy filiali tomonidan berilgan xulosasiga ko`ra, fermer xo`jaligi suv tarmog`iga noqonuniy ulanishi oqibatida, Suvoqova manfaatlariga 28.129.840 so`m miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.
Ushbu holatda fermer xo`jaligi rahbari M.Mirdavlyatovning umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, “Suvoqova” hududiy filiali manfaatlariga ancha miqdorda zarar etkazishda ifodalangan harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo`lib, qonunda belgilangan muddatda jinoyat oqibatida etkazilgan moddiy zararni qoplanmagan.
Shu sabab, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.