AsosiyJamiyat

Qibraydagi 25-sonli bog`chada bolalarning 184 mln. so`mlik “haqqi”ga hiyonat qilindi

'Qibraydagi 25-sonli bog`chada bolalarning 184 mln. so`mlik “haqqi”ga hiyonat qilindi'ning rasmi

Qibray tumanidagi 25-sonli bolalar bog`chasida oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan 25-sonli MTMda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MTM xo`jalik mudirasi G.R. tomonidan 33 xil turdagi 21,6 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari kamomadi hamda 2018-2019 yillarda 134,7 mln. so`mlik go`sht hamda 24 mln. so`mlik sut mahsulotlari muassasa tarbiyalanuvchilariga berilmasdan jami 180,4 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo`jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar