1

Kutilmagan tashrif: Andijon hokimi oddiy aholi xonadoniga kirib bordi (foto)

Jamiyat 21.11.2019, 15:40
Teglar: Andijon, Shuhratbek Abdurahmonov
Kutilmagan tashrif: Andijon hokimi oddiy aholi xonadoniga kirib bordi (foto)

Izboskan tumani Cho`rtanlik mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 7 nafar farzand, 30 nabira, 20 chevaraning bobosi Darmonqul ota Tursunov Shirmonxon momo bilan birga yurt ravnaqini, tinchlikning bardavomligini duolarida kanda qilmayotgan piru badavlatlarimizdan. Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning yangicha uslubda tashkil qilingan sayyor qabuli aynan shu xonadondan boshlangani bejiz emas. Qabul avvalida olingan duo xayrli ishlarga debocha bo`lgani rost, deya yozadi Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati.

Ilk muammo: qishloqqa ichimlik suvi kerak... bitta suv minorasi qurildi va yarim aholiga ichimlik suvi etkazib berish ishlariga start berildi. Boshqa joyda 20 kun muddatda ishga tushiriladigan quduq kovlash ishlari boshlandi. 

Birin-ketin hal etilmay yotgan masalalar yuzaga chiqdi: 3240 nafar aholining salkam 4 kilometr masofadagi bolalar bog`chasiga qatnaydigan 240 dan ortiq bog`cha yoshidagi jajjilari uchun bog`cha kerak. Mahallaning o`zida ikkita uy bog`cha faoliyatini yo`lga qo`yish ishlari boshlab yuborildi. Bu bilan kichkintoylarning hozircha 50 foizini qamrab olish imkoni yaratiladi. Tadbirkor tomonidan davlat sherikchiligi asosidagi 100 o`rinli yangi maktabgacha ta`lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirilishi kelgusi yilga rejalashtirildi. 

Cho`rtanlikda mavjud 6 ta ko`chaga shag`al tosh aralashma zarur. Shu kunning o`zida yuk mashinalarda 11 kilometr masofaga shag`al yotqizish ishlari boshlandi. Elektr tarmoqlari ham eskirgan, yog`och tayanchlar nuragan, tarmoq simlari sifatsiz...

Mahallaga 60 ga yaqin yangi beton tayanchlar o`rnatilib, zamonaviy tarmoq tortish ishlari boshlanib ketdi. Shu kuni aholiga ko`mir etkazib berish ishlari 85 foizga bajarildi. 1 ta qishloq vrachlik punkti uchun joy ajratildi. 100 dan ortiq fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklardan o`tkazildi. 150 ga yaqin maishiy gaz balonlar tarqatildi va mavjudlari bo`shab qolgani bois, almashtirib berildi. 

Hududga ishlab chiqarish korxonasi, kichik sexlar zarur. Yosh tadbirkor Azamat Bozorovning trikotaj sexi qurilishi bo`yicha taklifi ma`qullandi. Er ajratilib, zaruriy hujjatlar tayyorlandi. Bu bilan mahalladagi deyarli 30 foiz vaqtincha ishsizlarning ayrimlarining bandligi ta`minlanadi. 16 yoshli Nargizaning oilaviy ahvoli e`tibordan chetda qolmadi. O`zaro janjal, ammalar, aka-ukalarining kelishmovchiligiga qonuniy baho beriladigan bo`ldi. Fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat sudi hamda mahalla faollari ishtirokida mazkur oilaning nizoli ishlari barham topdi. 

90 yoshni qoralagan Mukarramxon ona Umrzaqova uzoq yillar xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilgan. Xonadoni nurab talabga javob bermay qolgan. Ushbu xonadonda bo`lgan birinchi sektor rahbari ta`mirlash ishlarini olib borish bo`yicha topshiriq berdi. 

Ismoiljon Jabborov yolg`iz ota. Nogironligi bois ishsiz. O`g`li Jahongir joriy yilda maktabni tamomladi. Katalakdek xonadon qish-qirovli kunlarga dosh bera olmaydi. Uchrashuv davomida farzandi Jahongir ishga joylandi, hovlisi ta`mirlab beriladigan bo`ldi. 

Mahalla hududidan o`tuvchi 80 metr uzunlikdagi ko`prikdan bir kunda minglab yo`lovchi o`tadi. Ammo holati yaroqsiz. Talabga javob beradigan inshoot qurilishi bo`yicha alohida yo`l haritasi ishlab chiqildi Mahalliy byudjetdan 2 milliard so`m mablag` ajratiladigan bo`ldi.

Hudud aholisi tomorqachilikdan daromad olayotganlardan. Masalan, Isaboevlar oilasi mirishkorligi bilan tahsinga sazovor. Tomorqasida parvarishlagan anordan 20 million so`m daromad olganining o`ziyoq fikrimizga dalildir.

Sharhlar

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Andijonda qizlar o`rtasida ommaviy mushtlashuv bo`ldi (video)

21.12.2022, 09:11

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qizlar o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, 7...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1