AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev achinarli ahvolga tushib qolgan “Jurnalistlar uyi” masalalasini nazoratga oldi.

'Zoyir Mirzaev achinarli ahvolga tushib qolgan “Jurnalistlar uyi” masalalasini nazoratga oldi.'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat “Jurnalistlar uyi” binosining achinarli ahvolga kelib qolganligi haqida xabar e`lon qilindi.

Mazkur holatga nisbatan viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi:

Unga ko`ra, Qarshi shahrida joylashgan “Jurnalistlar uyi”ning ta`mirlash ishlar oxiriga etmay qolganligi bo`yicha ma`lumot viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaevga ma`lum qilingan.

Bu masalada viloyat hokimi joriy yilning 18 noyabr kuni mas`ullar bilan yig`ilish o`tkazib, tegishli topshiriqlarni bergan.

Jumladan, viloyat hokimi o`rinbosari S.Azizov va viloyat moliya boshqarmasi boshlig`i F.Yusupovlarga ta`mirlash ishlarini tez orada yakunlash bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, shuningdek, viloyat hokimi o`rinbosari D.Allaevga qurilish yakuniga etganidan so`ng jurnalist va muxbirlarni ochiq va shaffof usulda binoga joylashtirish bo`yicha viloyat hokimiga taklif kiritishi belgilangan.

Shuningdek, viloyat hokimi yuqoridagi masala bo`yicha Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining viloyat boshqarmasi boshlig`i U.Nusurov bilan ham uchrashib, muammoni hal etish uchun harakat qilayotganligini, viloyatning jurnalist va ijodkorlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha bir qator rejalari borligini ham ma`lum qilgan.   

Viloyat hokimi o`rinbosari S.Azizovning ma`lum qilishicha, binoga hozirgacha 1 milliard 300 million so`m sarflangan. Ammo,ta`mirlash ishlarini yakunlash uchun yana qo`shimcha mablag` zarur. Ushbu mablag` masalasi hal etilishi bilan ta`mirlash ishlari boshlab yuboriladi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar