AsosiyJamiyat

Kabob tayyorlash oqibatida Qarshida bir oilaning 5 nafar a`zosi is gazidan zaharlandi

'Kabob tayyorlash oqibatida Qarshida bir oilaning 5 nafar a`zosi is gazidan zaharlandi'ning rasmi

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga 2019 yil 25 noyabr kuni tungi soat 02.40da bir oilaning 5 nafar a`zosi is gazidan zaharlangan holda keltirildi. Bu haqda viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib Xalq so`zi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Qarshi shahri Kat mahallasidan 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N., va 4 yoshli E.N. xonadonda ko`mir yoqish natijasida is gazidan o`rta og`ir darajada zaharlanishgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Xonadon sohibining kechqurun ko`mir cho`g`ida kabob tayyorlagani va qolgan cho`g`ni uyga olib kirib qo`ygani mazkur noxush hodisaga sabab bo`lgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar