1

“The New York Times”da Toshkent metropoliteni tasvirlandi

Jamiyat 25.11.2019, 16:23
Teglar: The New York Times, Toshkent metropoliteni
“The New York Times”da Toshkent metropoliteni tasvirlandi

“The New York Times” nashrida Toshkent metropoliteni haqida fotoocherk e`lon qilindi. 

Maqolada Toshkent metropolitenining o`ziga xos me`moriy ishlari, uning ozoda va shinam ekanligi alohida ta`kidlagan. Shuningdek, bir necha yillar mobaynida bu go`zallik tashqi dunyodan berkitib kelingani ham qayd etilgan.

“Bir necha o`n yillab Toshkent metropolitenini suratga tushirish milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan mutlaqo ta`qiqlangan edi. Biroq 2016 yilda prezidentlik kursisiga kelgan Shavkat Mirziyoev islohotlari davrida metroni suratga tushirish borasidagi ta`qiq olib tashlandi”, deyiladi.

Muallif bekatlarga ta`rif ham bergan. Jumladan, “Paxtakor” bekati xususida shunday yozadi:

“Paxtakor” bekati devorlarining yuqori qismi paxta qobig`ini aks ettiruvchi mozaika bilan bezatilgan. O`zbekiston turli ziddiyatlarga qaramay dunyoning paxta etishtiruvchi etakchi mamlakatlari sirasiga kiradi. Biroq yaqinda o`zbek hukumati paxta yig`im-terimi paytida shifokorlar, talabalar, o`qituvchilar va boshqa shaxslarning majburiy mehnatiga yo`l qo`ymaslik to`g`risida qaror qabul qildi...”

Shuningdek, maqolada prezident Shavkat Mirziyoev siyosatiga ham munosabati bildirilgan.

“Janob Mirziyoev rahbarligi ostida mamlakatda ochiqlik belgilari namoyon bo`la boshladi. Hukumat mamlakatga keluvchilar uchun to`siqlarni olib tashlay boshlagach, tashrif buyuruvchilar soni 2018 yilda 6,4 million kishigacha etdi. 2017 yilda 2,8 million nafarni tashkil etgandi...”

Sharhlar

9 oyda metropolitenda qancha yo`lovchi tashilgan?

29.10.2021, 23:00

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida metropolitenda 68,8 mln. yo`lovchi tashilgan. O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 baravarga ko`p.Elektr transportida yo`lovchi tashish...
«Toshkent metropoliteni» rahbariyati metro eshiklari ochiq holda harakatlangani uchun uzr so`radi

10.04.2021, 21:26

«Toshkent metropoliteni» UK kecha Chilonzor yo`nalishidagi Pushkin va Buyuk ipak yo`li metro bekatlari oralig`ida vagonning eshigini yopmagan holda harakatlanish holati bo`yicha izoh berdi.Faqat rus tilida...
Toshkent metropoliteni Sergeli yo`nalishining qurish ishlari yakunlanmoqda

08.10.2020, 22:18

Umumiy qiymati 82,66 million AQSh dollari bo`lgan ushbu mega loyihada dastlabki qurilish ishlari 2017 yil boshida boshlangan bo`lib, hozirda o`z nihoyasiga etish arafasida turibti.“O`zbekiston temir...
24 sentyabr kuni Toshkent metropoliteni ba`zi bekatlarining kirish qismlari yopiladi

24.09.2020, 00:07

Toshkent metropoliteni yo`nalishlarining ba`zi bekatlariga kirish qismlari 24 sentyabr kuni ishlab chiqarish zarurati sababli soat 05:00 dan boshlab yopiladi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi axborot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1