AsosiyJinoyat

Shofirkonlik ayol ovsinining boshini “chaqib” qo`ydi

'Shofirkonlik ayol ovsinining boshini “chaqib” qo`ydi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Shofirkon tuman sudi sudyasi J.Jumaniyozov raisligida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan jinoyat ishi ko`rildi.

Mazkur jinoyat ishida yig`ilgan dallilarga ko`ra, 29-iyul kuni, taxminan, soat 16:40larda fuqaro O.L. G`ijduvon tuman “Sharq” MFYda joylashgan “Xo`jai-Jahon” savdo kompleksi old kirish darvozasi oldida ovsini F.N. bilan janjallashib qoladi.

Ovsini qasddan jarohatlagan

Janjal vaqtida O.L. ovsini F.N.ning bosh qismiga g`isht bo`lagi bilan urib, unga qasddan shikast etkazgan.

5 mln. so`m jarima to`laydi

O.L. Jinoyat kodeksi 109-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga shu moddaga asosan eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida, ya`ni 5 068 250 so`m jarima jazosi tayinlanib, jazo muqarrarligi ta`minlandi.


 

    Boshqa yangiliklar