Sergeli tumanining nomini o`zgartirish to`g`risidagi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 50-Minor saylov okrugiga O`zbeksiton “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Rustam Umarovning taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Mazkur fikr yuzasidan nomzod tumani nomini o`zgartirish uning shaxsiy fikri ekanligini ma`lum qildi.
“Deputatlikka nomzodlar, umuman O`zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi Konstitusiyamizga ko`ra o`z fikri, qarashlarini erkin bildirish huquqiga egadir.
Shu boisdan bu mening shaxsiy fikrim ekanligini e`tiborga olishingizni hamda buni O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining pozisiyasi sifatida talqin qilmasligingizni so`rayman.
“Adolat” SDPning saylovoldi dasturi va o`z oldiga qo`ygan maqsadlarida mamlakatimiz hududlarining, jumladan, Sergeli tumanining nomini o`zgartirish ko`zda tutilmagan”, — deydi nomzod.
Avvalroq Sergeli tumanining asl nomi ruslashib ketgani bois deputatlikka nomzod Rustam Umarov uni o`zgartirish taklifi bilan chiqqani haqida xabar bergandik.






