Joylarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noxush xolatlarni oldini olish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida joriy yilning 20 noyabr - 20 dekabr kunlari respublikada «Kuz-qish mavsumida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi» o`tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga murojaat qildi:
"Hurmatli fuqarolar, ma`lumki qish mavsumida havo haroratini keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg`i maxsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo`lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi.
Bu esa o`z navbatida yong`in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarini buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaxarlanib qolish ehtimolini oshishiga olib kelishi mumkin.
Misol uchun: Siz dam olayotgan yoki tunab qolgan xonada yig`ilgan is gazi miqdori atigi 0,1% ni tashkil etgan taqdirda, unday xavodan 30 minut davomida nafas olish insonni o`limga olib kelishi mumkin.
Kuz-qish mavsumida konservalangan oziq-ovqat maxsulotlari, ayniqsa uy sharoitida tayyorlangan sabzavotlar konservalarini iste`moli ortishi tabiiy xol.
Lekin, shuni unutmaslik kerakki, uy sharoitida tayyorlangan konserva maxsuloti tarkibida eng kuchli ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi botulizm kasalligini qo`zg`atuvchisi bo`lishi ehtimoli juda xam yuqori bo`lib, zaharlanganlarga qisqa fursat ichida malakali tibbiy yordam ko`rsatilmaganda, 75-85% xolatlarda zaharlanish insonning o`limiga olib keladi.
Misol uchun: botulizm kasalligini chaqiruvchi botulotoksin kobra iloni zahridan 20 000 barobar kuchli xisoblanadi."
Vazirlik barchani mazkur oylikda faol ishtirok etishga xamda o`zi va yaqinlarining xayoti va salomatligini asrab qolish uchun quyidagi oddiy qoidalar va tavsiyalarga amal qilishini so`raydi:
Is gazidan zaharlanmaslik uchun:
isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo`rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;
nosoz, nostandart, qo`lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishiga aslo yo`l qo`ymang;
bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;
tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz so`rgichlardan foydalanmang;
chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo`riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning;
Agar xonaga tabiiy gazning to`lib qolganligini sezib qolsangiz !
gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog`idan o`chiring;
darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;
xonada elektr jixozlarini yoqmang, yoniq bo`lsa o`chirmang, chunki bu yong`in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo`lishi mumkin;
agar gaz chiqayotgan joyni o`zingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya ta`mirlash guruhlariga qo`ng`iroq qiling.
Sifatsiz konservalangan mahsulotlardan zaharlanishni oldini olish maqsadida:
uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamang;
belgilanmagan joylar, ko`cha-kuylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmang;
uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini, ayniqsa pomidor va bodiring marinadlarini iste`mol qilishdan chegaralaning, aks xolda konservalangan sabzavotlar mahsulotlari suyuqligining tiniqligi va musaffoligiga, sabzavotlarning ezilib qolmaganligi, qopqog`ini shishib (bo`rtib) chiqmaganligiga xamda eskirib qolmaganligiga alohida e`tibor qarating;
agarda o`zingizda botulizm kasalligi alomatlari (holsizlanish, ko`ngli aynishi, qayd qilish, og`iz qurishi, ko`rishning xiralashishi, buyumlarni ikkita bo`lib ko`rinishi, ko`z qovog`ining osilishi, ovoz bo`g`ilishi)ni sezsangiz, darxol yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qiling.
Aziz fuqarolar yuqoridagi qoidalariga rioya qilish orqali o`zingiz va yaqinlaringiz hayotini, mol-mulkingizni Favqulodda vaziyatlardan va noxush holatlardan asrab qolasiz.