AsosiyJamiyat

Camarqandda Tojikiston fuqarosi uxlab qolish oqibatida avtomobil boshqaruvini yo`qotib vafot etdi

'Camarqandda Tojikiston fuqarosi uxlab qolish oqibatida avtomobil boshqaruvini yo`qotib vafot etdi'ning rasmi

2019 yilning 24 noyabr kuni taxminan soat 20:00 larda haydovchi Tojikiston Respublikasi fuqarosi 27 yoshli E.N. boshqaruvidagi «OPEL» rusumli avtomashinasida Buxoro-Samarqand yo`nalishida «Buxoro-Samarqand» M-37 avtomobil yo`lining 141 km.da harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi beton to`siqqa urilib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo`lovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

    Boshqa yangiliklar