AsosiyJamiyat

Andijonda “yuqoridagilar” orqali er ajratib berish 16 500 AQSh dollariga kelishildi

'Andijonda “yuqoridagilar” orqali er ajratib berish 16 500 AQSh dollariga kelishildi'ning rasmi

 

Andijonda tadbirkorlik faoliyati uchun er ajratib berish evaziga 16 500 AQSh dollarini talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro N.S.dan yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tuman hududidan mebel ishlab chiqarish va issiqxona qurish uchun 2 ga er ajratib berishga ko`maklashish evaziga 16 500 AQSh dollari talab qilgan.

Shundan M.A. 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar