“EVERGREEN AGRO” MChJdan davlat foydasiga jami 222.792.814 so`m soliq qarzdorligi undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi MIB ma`lum qildi.
MIBning Yashnobod tuman bo`limi ish yurituvidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 24.06.2019 yildagi 4-1001-1919/8498-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “EVERGREEN AGRO” MChJdan davlat foydasiga jami 222.792.814 so`m soliq qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunning 23-moddasiga asosan qo`zg`atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida 2019 yilda 6 noyabrdagi to`lov topshiriqnomasiga asosan qarzdorga tegishli mol mulklariga nisbatan band solinib, davlat foydasiga undirilishi lozim bo`lgan jami 222.792.814 so`m soliq qarzi undirildi va ijro ishi yuritish tamomlandi.