AsosiyJinoyat

Moliya bo`limi mansabdori millionlab byudjet mablag`larini o`zlashtirdi

'Moliya bo`limi mansabdori millionlab byudjet mablag`larini o`zlashtirdi'ning rasmi

 

Olmaliqda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holati aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.      

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Olmaliq shahar moliya bo`limi mudiri sobiq o`rinbosari I.S. (hozirda Ohangaron shahar moliya bo`limi mudiri o`rinbosari) mansab mavqeini suiiste`mol qilib, «T.M.» MChJga ta`sischilik qilgan holda ushbu korxonani norasmiy boshqargan.

Mansabdor shaxs ushbu faoliyati davomida byudjet tashkilotlariga narxi 493 mln. so`mlik mahsulotlarni 591,2 mln. so`mga qimmat narxda o`tkazib, 98,1 mln. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan.

Shuningdek, korxona hisob raqamiga kelib tushgan 977,8 mln. so`mni korporativ plastik kartasiga o`tkazib o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hamda byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan 221,5 mln. so`m daromad solig`ini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganligi aniqlandi.

Shuningdek, I.S. noqonuniy daromadlarini qonuniylashtirib, mulkka aylantirish maqsadida “Gentra” va “Damas” rusumli avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan I.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

Boshqa yangiliklar