1

“Gaz zapravkasi“dagi navbatlardan norozi sirdaryolik haydovchilar namoyishi bartaraf etilgan

Jamiyat 27.11.2019, 21:02
“Gaz zapravkasi“dagi navbatlardan norozi sirdaryolik haydovchilar namoyishi bartaraf etilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 27 noyabr kuni M-34 yo`lining 89 km.i yo`l yoqasida joylashgan “Sheraton-servis“ MChJ ga qarashli avtomobillarga gaz tarqatish korxonasi oldida bir qancha fuqarolar gaz quyish shoxobchasida norozilik bildirib, shu erda fuqarolar kutish joyidagi skameykalarni olib M-34 yo`lining Toshkent-Guliston yo`nalishini vaqtincha to`sganligi, yo`lda esa avtomashinalar tirband bo`lib to`xtab turganligi ko`rsatilgan videotasvirlar tarqaldi.

Voqea joyiga zudlik bilan etib borgan Sirdaryo viloyati YHXB va Sirdaryo tumani IIB mas`ul xodimlari tomonidan vaziyat o`rganilgan. Ushbu gaz tarqatish shoxobchasi bugun tongda ishga tushirilganligi, haydovchilar esa kechadan beri navbat kutib turishganligi ma`lum bo`ldi. Soat taxminan 11:00 larda o`zlarini O`zbekiston Respublikasi “O`zbekneftgaz“ inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi, “O`ztransgaz“ AJ vakillari deb tanishtirgan xodimlar kelib gaz hisoblash moslamasini tekshirish uchun olib ketishgani, navbatda turgan 5-6 nafar haydovchi esa ushbu holatga o`z noroziliklarini bildirib M-34 yo`lining “Toshkent-Guliston“ yo`nalishini berkitishganini bildirishgan.

Xabarga ko`ra, shundan so`ng olib borilgan tushuntirish ishlaridan so`ng u erga yig`ilgan haydovchilar tarqatilib, zudlik bilan yo`lda harakat tiklangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1