AsosiyJinoyat

Samarqandda 13 yoshli bola qotillikka qo`l urdi

'Samarqandda 13 yoshli bola qotillikka qo`l urdi'ning rasmi

2019 yilning 25 noyabr kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi 13 yoshli bola qotillikka qo`l urdi. 

Turkibola mahallasi Turkibola qishlog`ida yashovchi fuqaro 12.01.1979 yilda tug`ilgan B. B.  va uning turmush o`rtog`i 14.11.1980 yilda tug`ilgan D.F., o`g`li 17.06.2006 yilda tug`ilgan S.J. o`zlarining yashash xonadonida o`tirgan vaqtda Payariq tumani Aliobod mahallasi Turkibola qishlog`ida yashovchi 12.04.1995 yilda tug`ilgan H. S. va uning akasi 15.12.1988 yilda tug`ilgan H. A. bilan o`zaro janjal kelib chiqqan. 

S. J.  otasi  B. B. bilan H. S. janjallashib turgan vaqtda oshxona pichog`i bilan marhum S.Q.ning ko`krak qismiga 3 marotaba va elka qismiga 2 marotaba sanchib urish yo`li bilan tan jarohati etkazgan.

2019 yil 25 noyabr kuni Payariq tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko`ra, S.Q. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Janjal oqibatida marhum S.Q. akasi H. A.ga ham S. J. uning elka qismiga 2 marotaba va son qismiga bir marotaba qo`lida bo`lgan oshxona pichog`i bilan tan jarohati etkazilgan. Natijada H. A. Payariq tuman 1-sonli shifoxonasining shoshilinch yordam ko`rsatish bo`limiga  yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari davomida jinoyatni sodir etishda gumondor bo`lgan S. J.ning onasi D. F. o`g`lini jinoiy javobgarlikga tortilishidan qo`rqib jinoyat sodir etilgan oshxona pichog`ini yashash uyining yordamchi xo`jaligi og`ilxonasiga o`tinlar tagiga yashirib qo`yganligi aniqlanib, voqea joyini ko`zdan kechirish davomida oshxona pichog`i xamda jabirlanuvchi S.Q.ga tegishli bo`lgan qon dog`lari bo`lgan kurtkasi daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi S. J. O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ushbu xolat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar