AsosiyJamiyat

Sirdayordagi avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida yong`in yuz berdi

'Sirdayordagi avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida yong`in yuz berdi'ning rasmi

2019 yilning 28 noyabr kuni soat 05:59 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Namuna” mahallasi Bunyodkor ko`chasida joylashgan “Yakka tartibdagi tadbirkor B.Jumaboev”ga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasida yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga 3 daqiqada etib borgan va yong`in soat 06:07da o`rab olinib, soat 06:34da to`liq bartaraf etilgan. Yong`in o`chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`indan ustaxona binosining 100 kv.metr maydoni saqlab qolingan va qo`shni binolarga alanga o`tib ketishi oldi olingan.

Halok bo`lgan va tan jarohati olganlar yo`q. Yong`in oqibatida ustaxonaning ichki qismi 30 kv.m maydonda va ichida bo`lgan ta`mirlashga olib kelingan 3 ta engil avtomobillar: fuqaro Sh.Yu.ga tegishli “Lasseti” rusumli, fuqaro X.M.ga tegishli VAZ 21-011 rusumli, hamda fuqaro O.B.ga tegishli VAZ 2106 rusumli avtomobillari to`liq yongan.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Boshqa yangiliklar