2019 yilning 28 noyabr kuni soat 21:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahri Sug`diyona mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.M. viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo`ng`iroq qilib, farzandi 2010 yilda tug`ilgan A.J. uy ichida qamalib qolganligi to`g`risida xabar berdi.
Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruv otryadi voqea joyiga zudlik bilan etib bordi. Shundan so`ng, qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochib kirdi.
Hodisaga aniqlik kiritilganda, xonadon egasining e`tiborsizligi bois gaz plitasidagi qozonning tagi o`chirilmagan. Buning oqibatida tutun hosil bo`lib, uy ichida yotgan bolakay xushini yo`qotgan.
O`z vaqtida ko`rilgan choralar natijasida yong`in sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xonadon hamda uning ichida qolgan bola omon qoldi.