"23-noyabr kuni taxminan soat 15.30 da Chilonzor tumanidagi “Xumo Arena” muz kompleksi yonida avtomobildan o`g`irlik qilganlikda gumonlanuvchi ikki nafar yosh yigitlar IIBB xodimlari tomonidan qo`lga olindilar.
20 yoshli Abdujabbor R. va 16 yoshli M.B.lar qaychi yordamida 23 yoshli Baxodir O.ga tegishli “Lasetti-Jentra” rusumli avtomobil eshigini ochib, avtomobil salonidan 15.000 so`m va narxi 800.000 so`m bo`lgan soatni o`g`irlaganlar. Ammo voqea joyidan yashirinmoqchi bo`lishganida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo`lga olindilar.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
Sud Abdujabbor R.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi, M.B. esa voyaga etmaganligi sababli qarindoshlari kafilligi bilan qo`yib yuborildi.
Hurmatli haydovchilar! Avtomobilingiz salonida qimmatbaho buyumlarni qoldirmaslikni so`raymiz. Imkon qadar, avtomobilingizni qo`riqlanadigan turargohlarda qoldiring", - deyiladi Toshket shahar IIBB rasmiy saytida.






