O`zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Hech kimga sir emas, kuz faslining oxirgi kunlarida ob-havoning keskin sovushi bilan elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyoj keskin oshdi va bu energotizimda muvozanat, ya`ni tizim xavfsizligini saqlash uchun mamlakatimizning turli hududlarida ma`lum darajada cheklovlar o`rnatilishiga olib keldi.
Ushbu holat iste`molchilar tomonidan jiddiy noroziliklarga sabab bo`lgani, bu haqda media-makonda negativ ma`lumotlar tarqalgani barchaga ma`lum. Elektr energiya ta`minotidagi cheklovlarga qanday omillar sabab bo`layotgani (gaz ta`minotidagi tanqislik) haqida rasmiy ma`lumotlar e`lon qilingan bo`lsada, mazkur masalaga ijobiy echim topishni so`ragan iste`molchilar murojaatlari hamon davom etmoqda.
Yuqoridagilarni hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonot e`lon qiladi va u quyidagicha:
O`zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Turkmaniston Respublikasining «Turkmanenergo» davlat elektr energetika koorporasiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma`lum kelishuvga erishdi.
2019 yil 1 dekabr sanasidan respublikaelektr energiyasi ta`minotida ijobiy o`zgarishlar ro`y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi ma`lum qilindi.






