29 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida Mudofaa vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilinishicha, yangi yildan 27 yoshda ham bir yillik harbiy xizmatga borish mumkin.
Tadbirda qayd etilishicha, O`zbekiston prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o`tash tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori bilan joriy yildan muddatli va safarbarlik chaqiruv rezerviga chaqirish, belgilangan xizmat muddatlarini o`tab bo`lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo`shatish tadbirlari fevral-mart oylaridan mart-aprel oylariga ko`chirildi.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda rezervga bo`shatilgan yoshlarni ishga joylashtirish bo`yicha mehnat yarmarkalari tashkil etdi», deya Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i Ulug`bek Qodirovning so`zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.






