Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva turli OAV, shu jumladan, xorijiy OAV tomonidan bildirilayotgan tanqidlarni to`g`ri qabul qilib, ochiqlik va erkin fikr bildirilishini demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri sifatida qabul qilish zarurligini ta`kidladi.
“Xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishimiz, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat`iy amal qilishimiz zarur”, - dedi Narbaeva.
Senat Raisi, shuningdek, Davlat rahbari islohotlarda OAVning alohida o`rni borligini to`g`ri ta`kidlab o`tganini, bugun jurnalistlarimiz aholini bezovta qilayotgan muammolarga barcha rahbarlarning e`tiborini qaratayotgani, ular nafaqat muammolarni olib chiqayotganini, balki ularning echimi yuzasidan yangi, nostandart g`oyalarni ham taklif qilayotganini qayd etdi.
“Bizning avvalgi yopiqligimiz, odamlar bilan, ayniqsa OAV vakillari bilan muloqotga chiqmasligimiz, korrupsiya xolatlari xayotimizdan umuman chiqib ketishi kerak”, - dedi Narbaeva.






