AsosiyJamiyat

Muammolar vaqtida hal etilmagani uchun takroriy murojaatlar kamaymayapti — Safoev

'Muammolar vaqtida hal etilmagani uchun takroriy murojaatlar kamaymayapti — Safoev'ning rasmi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari mutasaddilari tomonidan fuqarolarning murojaatlarida bildirilgan muammolar o`z vaqtida hal etilmayotgani oqibatida takroriy murojaatlar soni kamaymayapti, ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirilayapti. Bu haqda senator Sodiq Safoev 24-yalpi majlisda gapirdi.

— O`tgan yilning shu davriga nisbatan Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni mamlakat bo`yicha 825 mingtani tashkil qildiBu ko`rsatkich respublika miqyosida  kamayib borayotgan bir paytda, Surxondaryo, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida uning ko`payishi kuzatilmoqda.

Fuqarolar tomonidan shu yil 26 mingdan ortiq takroriy murojaat yuborilgan bo`lib, eng ko`p holatlar Andijon, Samarqand, Jizzax viloyatlarda qayd etilgan", - deya ta`kidladi senator.

Shuningdek, Sodiq Safoev shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari faoliyatini yo`lga qo`yish qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi.

Boshqa yangiliklar