1

Ertaga Toshkentning ayrim ko`chalari yopiladi

Jamiyat 30.11.2019, 21:45
Teglar: Toshkent, ko`chalar
Ertaga Toshkentning ayrim ko`chalari yopiladi

Ertaga, 1 dekabr kuni poytaxning ayrim ko`chalari yopiladi. Bu haqda darakchi.uz'ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 1 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko`chalari bo`ylab sog`lomlashtirish marafoni o`tkaziladi.

Ushbu marafon 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil qilinmoqda. 

Marafonda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar ishtirok etadi.

 Yarim marafon munosabati bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi – Kichik xalqa yo`li – Taraqqiyot ko`chasi – “Ashxobod sayilgohi” istirohat bog`i – Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi – Parkent ko`chasi – Qurolli Kuchlar akademiyasi yo`nalishidagi ko`chalar qisman yopiladi. 

Marafon soat soat 10:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasi saf maydonidan start oladi. 

Unda ishtirok etish istagini bildirganlarni ushbu salomatlik marafoniga taklif etiladi.

 

Sharhlar

Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Toshkentda pod`ezdda qizga tegajog`lik qilgan yigit ushlandi (video)

06.09.2023, 10:12

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1