AsosiyJamiyat

"MERSEDES” yuk mashinasi yo`l chetida to`xtab turgan “ISUZU” yuk mashinasini urib yubordi

'"MERSEDES” yuk mashinasi yo`l chetida to`xtab turgan “ISUZU” yuk mashinasini urib yubordi'ning rasmi

2019 yil 29 noyabrm kuni tongi soat 05:04 da “Qamchiq” navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, “MERSEDES” rusumli yuk mashinasida “Toshkent-Vodiy” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro H.E. yo`l chetida g`ildiragini almashtirish uchun to`xtab turgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasining orqasidan kelib urgan.

Sodir bo`lgan yo`l transport hodisasi oqibatida, “ISUZU” rusumli yuk mashinasi yo`l chetidagi xandaqqa tushib ketgan va mazkur yuk mashinasi haydovchisi Farg`ona viloyati Quva tumanida 1998 yilda tug`ilgan A.A. engil tan jarohati olgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 13-navbatchilik guruhi qutqaruvchilari, “Rezak” qishloq oilaviy poliklinikasi navbatchi shifokorlari va “Sherobod” yo`l patrul xizmati xodimlari etib kelishdi. Birinchi o`rinda engil tan jarohati olgan haydovchiga tibbiy yordam ko`rsatildi. So`ngra, IIB YPX xodimlari bilan hamkorlikda “Qamchiq” qutqaruv otryadi guruh komandiri B.Holiqov boshchiligidagi qutqaruv avtotexnikasi va “Qamchiq avtoyo`l” IYFUK texnikasi yordamida “ISUZU” rusumli yuk mashinasi xandaqdan chiqarilib, yo`l transport hodisasi oqibatlari bartaraf etildi.

    Boshqa yangiliklar