Qozog`istonga uchishni rejalashtirayotgan yo`lovchilar uchun Uzbekistan Airways tomonidan 28.11.2019 dan 31.03.2020 gacha bo`lgan davr ichida Toshkent-Nur-Sulton va Nur-Sulton-Toshkent yo`nalishlari bo`yicha qatnovlarga xarid qilingan chiptalar uchun tekin olib o`tish mumkin bo`lgan yuk me`yori oshirildi.
Belgilangan davr ichida tekin olib o`tish mumkin bo`lgan yuk me`yori iqtisodiy klass uchun 25 kgni, biznes-klass uchun esa 40 kgni tashkil etadi.
Batafsil ma`lumot 781400200 raqami orqali kompaniyaning koll-sentriga murojaat qilishingiz mumkin.
Sal avval 1-dekabrdan Toshkent-Istanbul yoki Samarqand-Istanbul yo`nalishlari bo`yicha uchishni rejalashtirayotgan yo`lovchilar uchun Uzbekistan Airways tomonidan imtyozlar yaratilgani haqida xabar bergan edik.






