AsosiyJamiyat
5257

Samarqandda MChJ rahbari katta qarzdorlikdan qutulish uchun “hiyla” qildi

'Samarqandda MChJ rahbari katta qarzdorlikdan qutulish uchun “hiyla” qildi'ning rasmi

Pastdarg`omda soliq to`lovlaridan qochish maqsadida yangi korxona tashkil qilish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.S.M.” MChJ rahbari A.G. 2018 yil davomida tovarlar realizasiyasidan tushgan 5,1 mlrd. so`m naqd pul mablag`larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo va xizmat ko`rsatish qoidalari juda ko`p miqdorda buzganligi ma`lum bo`ldi.

U tovar aylanmasini yashirish maqsadida korxonani o`zi tomonidan yangi tashkil etilgan “W.E.C.” MChJ tarkibiga qo`shib, 849,7 mln. so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar