Navoiy viloyatida er va xotinning urishi erkakning o`limi bilan yakun topdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, 2019 yil 30 noyabr kuni soat 00.45 larda Navoiy viloyati Nurota tumani A.Temur MFYda yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan ayol G.R. (tadbirkor) turmush o`rtog`i, 1988 yilda tug`ilgan A.T. (ishsiz) bilan o`zaro janjallashib qoladi.
Shundan so`ng vaziyat yanayam jiddiy tus olib, ayol oshxona pichog`gi bilan erining tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib qasddan o`ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan G.R.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.