AsosiyJamiyat

Navoiyda MChJ rahbari 279,3 mln. so`mlik majburiy to`lovdan bo`yin tovladi

'Navoiyda MChJ rahbari 279,3 mln. so`mlik majburiy to`lovdan bo`yin tovladi'ning rasmi

Navoiyda juda ko`p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlash holati aniqlandi. Bu hada Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.B.S.” MChJ rahbari M.B. 2018 yilda amalga oshirilgan qurilish-ta`mirlash ishlari uchun kelib tushgan 5,4 mlrd. so`m pul mablag`laridan 1,4 mlrd. so`mini “naqdlashtirish” faoliyati bilan shug`ullangan sub`ektlarga go`yoki bajarilgan qurilish ishlari uchun ko`chirib berib, soliq hisobotida bajarilgan ishlar hajmini ko`rsatmasdan, byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan 279,3 mln. so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “T.B.S” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar