Izboskan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy ko`rikdan o`tish uchun to`langan pul mablag`lari talon-toroj qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura darakchi.uz saytiga ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo`limi tomonidan, Andijon viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritib, 2018 va 2019 yilning o`tgan davrida tibbiy ko`rikdan o`tish uchun 1.989 nafar fuqarolar tomonidan to`langan 117,6 mln. so`m pul mablag`larini birlashmaning pullik xizmat ko`rsatish g`aznasiga kirim qilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Izboskan tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.