AsosiyJinoyat

Toshkentda MChJ mansabdorlari katta miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirdi

'Toshkentda MChJ mansabdorlari katta miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirdi'ning rasmi

Toshkent shahrida juda ko`p miqdordagi xorijiy valyutadagi kredit mablag`larini o`zlashtirish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari noqonuniy daromad orttirish maqsadida, dori darmon vositalarini xorijiy davlatlardan import qilish uchun tijorat banklardan juda ko`p miqdordagi (3,8 mln. AQSh dollari) kreditlarni olishib, import shartnomalaridagi narxlarni sun`iy ravishda oshirib ko`rsatib, 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan “A.P.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar