AsosiyJinoyat

6 nafar farzandini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagan ota ozodlikdan mahrum qilindi

'6 nafar farzandini moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlagan ota ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Fuqaro A.A. fuqarolik ishlari bo`yicha Pastdarg`om tuman sudining 2016 yil 1 mart kungi sud buyrug`iga asosan undiruvchi S.M.ning foydasiga 6 nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 2016 yil 1 martdan boshlab, to ular voyaga etguniga qadar uning har oyidagi ish haqi va boshqa daromadining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan... 

Nabi RAYIMOV, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati Nurobod tuman sudining raisi: 

— A.A. 6 nafar voyaga etmagan farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lovlarini qasddan to`lamaganligi sababli Nurobod tuman ma`muriy sudining 2018 yil 15 noyabr kungi qaroriga ko`ra, MJtK 474-moddasining 1-qismi bilan huquqbuzar deb topilib, 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

A.A. o`ziga nisbatan tayinlangan ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqib, tegishli xulosa chiqarmay, 2018 yil 15 noyabrdan 2019 yil 1 aprel kuniga qadar jami 4.561.440 so`m aliment pullarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganligi aniqlanib, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati, Nurobod tuman sudining hukmi bilan A.A. JK 122-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq jazo chorasi qo`llanilgan.

A.A.dan voyaga etmagan 6 nafar farzandlarining moddiy ta`minoti uchun jabrlanuvchi S.M. foydasiga 4.561.440 so`m aliment pullari undirish belgilangan.
 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar