AsosiyJamiyat

Farg`onada Yangi yilga “atalgan” pirotexnika vositalari fosh etildi

Yangi yil yaqinlashgani sayin pirotexnika vositalarining savdosi, noqonuniy aylanma yo`llar orqali olib kirilishi,  tashilishi chegara hududlarda tez-tez kuzatila boshlaydi. 

Kuni kecha Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari  Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.T boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli, avtomashina Marg`ilon shahri hududida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. 

Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million so`mlik 558 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. 

Hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Farg`ona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. 

Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million so`mlik 571 254 dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositalarini respublikamiz xududiga yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishning oldi olindi 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar