Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi AYoQShlarda benzin tanqisligi, qo`lda 6500 so`mdan sotilayotgani haqida aholi tomonidan e`tirozlar bildirilgan edi.
Ushbu holat “O`zbekneftgaz”AJ tomonidan o`rganildi. Bu haqda “O`zbekneftgaz”AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xorazm viloyatida benzinning o`rtacha iste`moli 1,5-2 barobarga oshgani sababli, avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalarida navbatlar kuzatilgan edi.
Ushbu holatni yaxshilash maqsadida, iste`molchilar talabidan kelib chiqqan holda neftni qayta ishlab chiqarish zavodlaridan "Urganch neftbazasi" MChJga va neftbazadan avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalariga etarli darajada benzin etkazib berish yo`lga qo`yildi.
Hozirgi paytda Xorazm viloyatidagi yonilg`i quyish shoxobchalarida iste`molchilarga benzin etkazib berish bilan bog`liq muammolar bartaraf etildi.