AsosiyJinoyat

100 AQSh dollarga diplom dublikatini olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi

'100 AQSh dollarga diplom dublikatini olib berishni va`da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Vobkent tumani Latifsobungar mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan, yakka tartibda ishlovchi T.J. fuqaro M.O.ning ishonchini suiiste`mol qilib, o`zining tanishlariga pora berish orqali uning Vobkent maishiy xizmat kasb-hunar kollejini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomi dublikatini olib berishni va`da qilgan.

Departamentning Buxoro shahar bo`limi xodimlari tomonidan Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro M.O.ning arizasi yuzasidan o`tkazilgan tadbirda firibgarlik yo`li bilan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 150.000 so`m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi hamda 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar