1

Davlat tashkilotlari rahbarlariga sertifikat va harbiy unvonlar topshirildi

Jamiyat 03.12.2019, 12:50
Teglar: Vazirlik, harbiy unvon
Davlat tashkilotlari rahbarlariga sertifikat va harbiy unvonlar topshirildi

“Chirchiq” umumqo`shin dala-o`quv maydonida vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari tarkibi bilan o`tkazilgan besh kunlik yig`in davomida ko`zlangan natijalarga erishildi.

Yig`in ishtirokchilari bilan mashg`ulotlar chog`ida dunyo va mintaqada kechayotgan harbiy-siyosiy vaziyatlar qiyosiy tahlil etildi. Jangovar va ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarlik, tinchlik va urush davrida front orti ta`minotini tezkor tashkillashtirish yuzasidan muhim ko`nikmalar hosil qilindi.

Mudofaa tizimida harbiy hizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirib borish, kuch tuzilmalarining vazifalari va imkoniyatlari xususida mutaxassislarning ma`ruzalari tinglandi. Shuningdek, unib-o`sib kelayotgan yosh avlodni ona-yurtga sadoqat, fidoyilik, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga ishtiyoqini yanada oshirish borasida ham fikr-mulohazalar yuritildi.

Ishtirokchilar dala-o`quv maydonida bajargan amaliy mashg`ulotlari mobaynida jismoniy, saf, topografiya va taktik tayyorgarliklar, o`qotar qurollardan otish, jangovar texnikalarni boshqarish kabi qator sinovlardan o`tishdi.

Yig`in yakuniga bag`ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev ishtirok etib, yig`in qatnashchilariga sertifikat, bir guruh zahiradagi harbiy xizmatchilarga navbatdagi ofiserlik unvonlari topshirildi.

Eslatib o`tamiz, ushbu yig`in mashg`ulotlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning dekabr oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va 

ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Vazirlik to`lov-kontrakt miqdori 10 foiz oshganiga izoh berdi

10.09.2021, 10:15

Avvalroq O`zbekiston OTMlarining 2021/2022-o`quv yili uchun to`lov-kontrakt puli miqdorlari e`lon qilingani haqida xabar bergan edik. Ma`lumki, ushbu yil to`lov-kontrakt miqdori 10 foizga oshgan. Ammo bu talabalar...
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi

06.11.2018, 13:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik.Xalq...
Xalq ta`limi vaziri o`zgardi

21.06.2018, 09:56

Innovasion rivojlantirish vaziri o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov Ulug`bek Inoyatovning o`rniga Xalq ta`limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.Xabarda aytilishicha, vazirning Alisher...
ROMITAN TUMANIDAGI TO`YLARDAN BIRIDA QARIYB 100 KIShI ZAHARLANDI

27.09.2017, 11:53

Buxoroning Romitan tumanida 90 kishi ovqatdan zaharlandi, deya xabar beradi Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati. Ma`lum bo`lishicha, 26 sentyabr kun kun davomida Romitan tumani tibbiyot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1