AsosiyJinoyat

Toshkentda chet davlatda yashirinib yurgan gumonlanuvchi qo`lga olindi

'Toshkentda chet davlatda yashirinib yurgan gumonlanuvchi qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi hamkasblari bilan hamkorlikda chet davlat hududida yashirinib yurgan gumonlanuvchini qo`lga olishdi.

21 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari O`zbekiston Respublikasi IIVdagi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi, shuningdek Interpoldagi hamkasblari bilan hamkorlikda, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) va 127-moddasida (“Voyaga etmagan shaxsni g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi va Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e`lon qilingan 23 yoshli Sardor I.ni Ukraina hududida qo`lga olishdi. 

Sardor I.ning tergovda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishini ta`minlash uchun Toshkentga etap qildirildi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi.

    Boshqa yangiliklar