AsosiyJamiyat

Andijonda yong`inni o`chirish vaqtida ikkita jasad topildi

'Andijonda yong`inni o`chirish vaqtida ikkita jasad topildi'ning rasmi

2019 yilning 3 dekabr kuni 06 dan 20 daqiqa o`tganda Andijon shahri Sanoat MFY Temir yo`l ko`chasi 120-uyda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 4 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 04 dan 26 daqiqa o`tganda bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida uyning 1,5 kv.metr maydonda pol qismi yongan.

Achinarlisi, yong`inni o`chirish vaqtida, uy egasi 1965 y.t. fuqaro Sh.T. va uning ayol tanishi 1982 y.t. fuqaro V.S.ning tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi. 

Yong`inning taxminiy sababi qo`lbola elektr isitish moslamasidan foydalanish. Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Dastlab hodisa sodir bo`lgan joyda 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilgani, qurbonlar yo`qligi aytilgandi.

Boshqa yangiliklar