AsosiyJamiyat

Andijonda portlagan uy aholisi "Hududgazta`minoti" tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan ekan

'Andijonda portlagan uy aholisi "Hududgazta`minoti" tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan ekan'ning rasmi

Aniqlanishicha, 2019 yil 1 dekabr kuni «Hududgaz Andijon» MChJ «Andijonshahargaz» filialining «Iste`molchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi» mutaxassislari tomonidan, hududlarda olib borilayotgan targ`ibot-tashviqot ishlari davomida, aynan kecha portlash sodir bo`lgan Andijon shahrining 2-kichik dahasi, «Sog`lom avlod» MFY hududidagi 7-qo`p qavatli uydagi xonadon egalari bilan ham tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xususan, kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan maishiy sharoitda foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish, gaz sizib chiqish holatlariga olib keluvchi qo`lbola isitish pechlari va noqonuniy hisoblangan gaz so`rgichlardan foydalanmaslik, o`zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmoqlariga turli yo`llar bilan ulanib olmaslik haqida ogohlantirilgan. Bu haqida tanishganlik haqidagi tegishli dalolatnomaga o`z imzolarini qo`yib ham tasdiqlagan ekanlar.

Jamiyat xabarida olib borilayogan targ`ibot ishlariga va ogohlantirishlarga  qaramasdan, gaz iste`moli jarayoniga bee`tiborlik bilan munosabatda bo`layotgan fuqarolar sababli, baxtsiz xodisalar kelib chiqilayotganligi ta`kidlangan.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 4 dekabr kuni Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan «Sog`lom avlod» MFY Lermontov ko`chasidagi 7-uyda gaz portlashi bilan bog`liq yong`in yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.  

    Boshqa yangiliklar