AsosiyJinoyat

Soxta sudya faoliyati aniqlandi

'Soxta sudya faoliyati aniqlandi'ning rasmi

Olmata prokuraturasi shaharda ma`lum vaqt soxta sud ishlagani haqida ma`lumot tarqatdi.

Surishtiruvlar natijasida, soxta sud faoliyatini “Adilet” Xalqaro xakamlik sudi idorasini tuzgan tadbirkor ayol tashkil qilgani aniqlandi.

Ayol o`zini sudya deya e`lon qilgan va Qozog`iston Respublikasi nomidan ma`muriy, jinoiy va fuqarolik ishlari bo`yicha qarorlar chiqargan.

Chiqarilgan hukmlar davlat gerbi va boshqa rekvizitlari bo`lgan sud blankasida rasmiylashtirilgan.

“Shu kabi noqonuniy sud aktlari bilan jinoyatchi fuqarolarni haydovchilik huquqlaridan mahrum qilgan, ulardan pul talab qilgan, tergov izolyatoridan shaxslarni ozod qilishga uringan va boshqa ishlarni amalga oshirgan“, deyiladi shahar prokuraturasi xabarida. 

Sudyaning yolg`onlari qanday fosh qilingani borasida tergovchilar ma`lumot bermagan.

Ularning aytishlaricha, ayni damda bu idora yo`q qilindi, soxta sudyaga nisbatan esa jinoiy ish qo`zg`atildi.

Qozog`iston Jinoyat Kodeksining “O`z bilganicha hukumat rasmiylari mansabini egallash” moddasi bo`yicha jinoyatchi besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek, unga nisbatan JKning “Erga bo`lgan mulkiy huquqlarni buzish“ moddasi bo`yicha ham jinoiy ish ochilgan. 

    Boshqa yangiliklar