2019 yil 4 dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Uchtepa qishlog`ida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 12-sonli gaz qudug`i ishga qo`shildi va sanoat miqyosida gaz olindi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, mazkur quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 50-60 ming/m3 tashkil etadi.
Ayni paytda ushbu gaz qudug`ining ishga tushirilishi bo`yicha gaz quvurlarini yotqizish ishlari yakunlandi.
Buning natijasida Andijon viloyati Buloqboshi tumanining yana qo`shimcha 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta`minlanadi.
Ma`lumki, o`tgan ikki yil davomida "Andijonneft" AJ tomonidan “Uchtepa neft va gaz koni”ni o`zlashtirish va ishga tushirish uchun jami 9 ta neft va gaz quduqlari burg`ulandi. Mazkur burg`ulash ishlari natijasida quduqlardan tabiiy gaz olinib, Buloqboshi tumanining 20 mingdan ortiq aholisi gaz bilan ta`minlanishiga erishilgan.






