AsosiyJinoyat

“Jomboytumangaz” filiali aholi uchun ajratilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilgan

'“Jomboytumangaz” filiali aholi uchun ajratilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilgan'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Jomboytumangaz” filiali bo`lim muhandisi G`.I. va boshqalar, moddiy javobgarligida bo`lgan 128,2 mln. so`mlik 402 dona maishiy gaz ballonlarini hamda 101,4 mln. so`mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.    

Mazkur holat yuzasidan G`.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar