2019 yil 4 dekabr kuni soat 13:00 larda Andijon shahar, Shimoliy kichik dahada yashovchi G.M (1999 y.t.) va farzandi S.M(2019 y.t.) qo`lbola pechkaning mo`risidan sizib chiqqan is gazining xonaga to`planib qolishi oqibatida zaharlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchi.uz ga xabar berdi.
Oqibatda, xonadon bekasining farzandi S.M hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Sal avval Andijon viloyati Ulug`nor tumanidagi bir oila is gazidan zaharlangani va buning oqibatida oila a`zolarining bir nafari voqea joyida vafot etgani haqida xabar bergan edik.






