6 dekabrdan 15 dekabrga qadar Yashnobod tumani, Toshkent avtomobil halqa yo`lining bir qismida transport harakati cheklanadi.
Mazkur cheklov “Rohat” doirasidan Tolariq ko`chasi bilan kesishgan qismi (yo`lning bir tomoni) (“Rohat” doirasi yo`nalishidan “Yangiobod” bozorigacha) yo`lni o`z ichiga oladi.
Yo`lning qarama-qarshi tomonida ikki tomonlama harakatlanish tashkil etiladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi.






