1

Maktab-internati direktori tadbirkordan pora talab qildi

Jinoyat 06.12.2019, 11:57
Maktab-internati direktori tadbirkordan pora talab qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan shahar prokuraturasi hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazildi...

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot ShAMSUTDINOV "darakchi.uz"ga xabar qildi...

Tezkor tadbirda Olmazor tumanidagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori M.S. ta`minotchisi F.Yu. orqali mazkur muassasaga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib beruvchi “P.” MChJ ish boshqaruvchisi M.dan mahsulotlarni to`liq olib kelmaslik evaziga 9,6 mln. so`m talab qilib, aks holda u bilan birga ishlamasligini aytib, 800 AQSh dollarini ta`magirlik yo`li bilan olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbirda maktab-internatidagi oziq-ovqat mahsulotlari sanoqdan o`tkazilganda 11 mln. so`mlik kamomad aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.S. va F.Yu.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1