Qo`lga tushgan dollarchi prokuratura xodimining ko`ziga gaz sepib qochdi

Jinoyat 06.12.2019, 12:38
Qo`lga tushgan dollarchi prokuratura xodimining ko`ziga gaz sepib qochdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo`qon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so`mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko`z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati etkazib, hodisa joyida yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 05.12.2019 yilda Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1