Namangan shahrida yashovchi Rahimjon Hojiev boshqaruvidagi «VAZ-2106» rusumli avtomobil «Barkamol avlod» sport majmuasi binosi oldida qarovsiz qoldirildi. Va ko`p o`tmay noma`lum shaxs tomonidan olib qochildi.
Olib borilgan qidiruv ishlari so`ngida avtomashina shahardagi Uychi ko`chasidan texnik soz holda topildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, huquqbuzarni topish choralari ko`rilgan. Natijada ushbu jinoyatni Namangan shahridagi 14-sonli maktabning 6-sinf o`quvchisi Ya. A. sodir etgani aniqlangan.
Hozir tergov ishlari davom etmoqda.






