Xorij OAVlarida Sirdaryo suv sathi xavfli darajada ko`tarilayotgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqalgan edi.
Ushbu hodisaning qanchalik xavfli yoki xabarning qanchalik haqiqatga yaqinligi bo`yicha Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi O`zAga ma`lumot berdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra, Sirdaryo daryosining suv sathi ayni vaqtda 732 kub sekundni ko`rsatmoqda. Bu esa xavfdan ancha yiroq bo`lgan raqam hisoblanar ekan.
Aslida suv sathi 1800 kub sekundga yaqinlashgandagina ehtiyot choralari ko`riladi, aholi ogohlantiriladi. Ayni damda bu borada O`zbekistonda hech qanday xavf yo`qligini ma`lum qilamiz, deyladi ma`lumotda.
“Sirdaryo daryosining Josali irmog`idagi gidrologik nazorat postida kuzatilgan muz qatlamlari sababli suv sathi xavfli darajaga yaqinlashgan. Ertalab soat 08:00 holatiga ko`ra, suv sathi – 638 santimetr bo`lgan. Xavfli ko`rsatkich esa – 665 santimetrdan boshlanadi. Aholi punktlarini suv bosish belgisi – 770 santimetrni tashkil etadi”, deya xabar bergan Qozog`istonning Today.kz sayti.