AsosiyJamiyat

Saylovchilar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga nomzod deputatlar uchrashdi

'Saylovchilar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga  nomzod deputatlar uchrashdi'ning rasmi

Mamlakatimizda 22 dekabr kuni o`tkaziladigan saylovlar oldidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashlariga saylov bo`yicha saylov kampaniyasi doirasida siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 4 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovini o`tkazuvchi va 149-Qo`yliq saylov okrugidan nomzodlari ko`rsatilgan nomzod deputatlar va ularning ishonchli vakillari bilan Sergeli tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti hududida joylashgan 438-uchastka saylov komissiyasi tashabbusi bilan Institutning «Ma`naviyat va ma`rifat» markazida taklif etilgan mehmonlar, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining shahar, tuman kengashi etakchilari va 
300 nafardan ortiq (kursantlar) saylovchilar o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqida "Darakchi"ga FVV Yong`in xavfsizligi instituti matbuot xizmati  xabar berdi.

Tadbirda nomzodlarning siyosiy partiyalarning ishonchli vakillari tomonidan tarjimai holi va mehnat faoliyati hamda saylovoldi dasturlari haqida ma`lumotlar berildi.

Uchrashuvda so`zga chiqqan beshta siyosiy partiyalardan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar O`zbekiston Liberal-demakratik partiyasidan nomzod Akmal Jumaboev, O`zbekiston «Adolat» Sosial-demakratik partiyasidan nomzod Gulrux Agzamova, O`zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod Naima Xashimova, O`zbekiston Xalq demakratik partiyasidan nomzod Alisher Ravshanov, O`zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Shuhrat Pulataxunovning ishonchli vakili Nargiza Umrzaqovalar o`zlarining saylovoldi dasturida ko`rsatilgan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda ularning kelgusidagi faoliyatlarida oldilariga qo`ygan ulkan maqsadlari saylov qonunchiligi, saylovchilarning huquq va burchlari, shuningdek, mustaqil diyorimizning ravnaqi uchun, xalqimizni farovonligi, keklajagimiz egalari bo`lgan yoshlarga berilayotgan yuksak e`tibor va ularga yaratilayotgan sharoitlar bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

         –  Saylov butun dunyo siyosiy-huquqiy davlatchiligi tarixida demokratiya tamoyillariga poydevor bo`lgan muhim siyosiy ehtiyojdir, – deydi kapitan Farhodjon Xojaev – Mustaqil davlat, suveren respublika, hamjamiyatning teng huquqli a`zosi sifatida bizning jamiyatimiz ham saylovlar borasida xalqaro huquqiy me`yorlarga mos ravishda rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Oldimizda turgan muhim siyosiy jarayon «Yangi O`zbekiston, yangi saylovlar!» shiori ostida tashkil qilinmoqda. 

Bu O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi qabul qilinganligini, ushbu kodeks shu vaqtgacha amalda bo`lgan saylov to`g`risidagi 26 qonun hujjati mazmun-mohiyatini o`zida qamrab olgani bilan saylovlarda yangi bosqichga ko`tarilganimizni ifodalab turibdi.

         Tadbir so`ngida esa tashrif buyurgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ularning vakillari tomonidan Institutning Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti etakchilari va kursantlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar